Marketing strategiyasi — bu shunchaki reja emas, butun brendni rivojlantirish strategiyasi
Marketing strategiyasi haqida gap ketganda, ko‘pchilik uni bir necha oylik ishlar rejasi deb tasavvur qiladi: reklama yoqish, ijtimoiy tarmoqlarni faol yuritish, saytni yangilash, blogerlarni jalb qilish yoki reklama budjetini oshirish. Lekin bularning barchasi alohida vositalar xolos. Haqiqiy marketing strategiyasi esa ancha muhimroq savollarga javob beradi: brend qanchalik rivojlanmoqda, bozorda qanday o‘rin egallamoqchi, uning mijozi kim, nima uchun mijoz aynan shu brendni tanlashi kerak va biznes nimaning hisobiga o‘sishni rejalashtiryapti. Shu sabab marketing strategiyani ishlab chiqish kontent-reja yoki reklama sozlashdan boshlanmaydi. Avvalo biznesning o‘zini tushunib olish kerak.
Marketing strategiyasi nima?
Marketing strategiyasi — bu brend qanday rivojlanishi va mijozlarni qanday jalb qilishi kerakligini belgilab beradigan qarorlar tizimi. U mahsulot, auditoriya, pozitsiyalash, kommunikatsiya, savdo va targ‘ibot kanallarini bitta tizimga birlashtiradi. Masalan, kompaniya Instagram’ni faol yuritishi, target reklama yoqishi va muntazam Reels tayyorlashi mumkin. Lekin brend kim uchun ishlayotganini va raqobatchilardan nimasi bilan farq qilishini aniq bilmasa, bu vositalarning har biri alohida-alohida ishlaydi. Strategiya esa ularning barchasiga umumiy yo‘nalish beradi. Natijada auditoriyaga nima deyish kerakligi, u bilan qayerda muloqot qilish, qaysi kanallardan foydalanish va qaysi ko‘rsatkichlarni kuzatish kerakligi aniq bo‘ladi.
Marketing strategiyani ishlab chiqish nimadan boshlanadi?
Reklama kanallarini tanlashdan oldin hozirgi vaziyatni tushunib olish kerak. Bozorda nimalar bo‘lyapti? Asosiy raqobatchilar kim? Mahsulotning qanday ustunliklari bor? Uni hozir kimlar xarid qilmoqda va kelajakda yana kimlar mijozga aylanishi mumkin?
Keyingi bosqich — maqsadli auditoriyani tahlil qilish. Bu yerda faqat yosh, jins yoki daromad darajasini aniqlash yetarli emas. Odamlarning ehtiyojlari, nima sababdan xarid qilishi, qanday ikkilanishlari borligi, nimani kutishi va yakuniy qaroriga qaysi omillar ta’sir qilishini aniqlash kerak.
Shundan so‘ng brendning bozordagi pozitsiyasi shakllantiriladi. Mijoz kompaniya o‘nlab raqobatchilardan nimasi bilan farq qilishini va nega aynan shu brendni tanlashi kerakligini aniqlab olishi lozim. Faqat shundan keyingina SMM, performance marketing, SEO, kontekstli reklama, kontent marketing, sayt, PR yoki boshqa kanallarni tanlash mumkin.
Biznesga yangi marketing strategiya kerakligini qanday bilish mumkin?
Buning uchun savdo tushib ketishini kutish shart emas. Boshqa belgilar ham bor. Masalan, kompaniya targ‘ibot uchun muntazam pul sarflaydi, lekin qaysi kanal mijoz olib kelayotganini aniq bilmaydi. Reklama byudjeti oshib boradi, savdo esa deyarli o‘zgarmaydi. Kontent muntazam chiqadi, ammo lidlar soniga ta’sir qilmaydi. Bir nechta xodim bir vaqtda ishlaydi, lekin ularning harakati bir-biriga bog‘lanmagan.
Yana bir muhim belgi — marketing qarorlari asosan tavakkalchilik bilan qabul qilinishi. Bugun biznesga Reels kerakdek tuyuladi, ertaga blogerlar, bir oydan keyin esa yangi reklama kampaniyasi. Vositalar almashaveradi, lekin aniq yo‘nalish baribir paydo bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda muammo reklama kanalining sifatida bo‘lmasligi ham mumkin. Ehtimol, biznesga avvalo to‘liq marketing strategiyasi kerak.
Marketing strategiyasi samaradorligini qanday baholash kerak?
Strategiya natijasi o‘lchanadigan bo‘lishi kerak. Shu sabab uni ishlab chiqish jarayonidayoq KPI’larni belgilab olish va biznes uchun qaysi ko‘rsatkichlar haqiqatan muhimligini aniqlab olish kerak. Bular sifatli lidlar soni, bitta mijozni jalb qilish narxi, savdoga konversiya, tushum, takroriy xaridlar yoki ROI bo‘lishi mumkin. Ko‘rishlar, qamrov va obunachilar soni ham foydali ma’lumot beradi, lekin biznes uchun buning o‘zi yetarli emas. Ya’ni marketing real biznes ko‘rsatkichlari bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Marketing strategiyasini ishlab chiqish
Metrica’da marketing raqamlar va o‘lchanadigan natijalar asosida yuritiladi. Ish biznesning o‘zi, uning hozirgi holati, auditoriyasi va o‘sish imkoniyatlarini tahlil qilishdan boshlanadi. Shundan so‘ng aniq vazifalarga mos vositalar tanlanadi. Metrica marketing strategiyasi, performance marketing, SMM, brending, sayt ishlab chiqish, SEO, SEM va Google Ads yo‘nalishlarida ishlaydi. Bu har bir kanalni yagona targ‘ibot tizimiga birlashtirish imkonini beradi.
Mijozlarning 87 foizi hozirda Metrica bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirmoqda, marketing kampaniyalari esa mijozlar savdosini o‘rtacha 2,3 baravar oshirdi. Agar biznesingizga alohida reklama emas, balki brendni qanday rivojlantirish aniq ko‘rsatilgan strategiya kerak bo‘lsa, ishni hozirgi holatni tahlil qilishdan boshlang.
Metrica konsultatsiyasiga yoziling — jamoa biznesingizdagi o‘sish nuqtalarini aniqlash va aniq natijaga yo‘naltirilgan marketing strategiyani ishlab chiqishda yordam beradi.