Brendni faqat logotip bilan emas, tanib olinadigan yaxlit tizim sifatida yaratamiz.
Logotip, ranglar, shriftlar, vizual uslub, kommunikatsiya ohangi va barcha asosiy qo‘llanish qoidalarini ishlab chiqamiz. Maqsad — kompaniya qayerda ko‘rinmasin, mijoz uni bir qarashda tanishi va bir xil qabul qilishi.
Kimlarga kerak?
Bu xizmat:
- yangi brend yaratmoqchi bo‘lgan bizneslarga;
- mavjud vizual uslubi eskirgan kompaniyalarga;
- logotipi bor, lekin yagona brend tizimi shakllanmagan bizneslarga;
- qayta brendlashni rejalashtirayotgan kompaniyalarga;
- filiallar, ijtimoiy tarmoqlar va reklamada yagona uslub kerak bo‘lgan brendlarga;
- bozorda professional va tanib olinadigan ko‘rinishga ega bo‘lishni xohlayotgan bizneslarga mos.
Xizmat o‘z ichiga nimalarni oladi?
01Brendni o‘rganish
Dizaynni logotipdan boshlamaymiz. Avval:
- biznes faoliyati;
- mahsulot yoki xizmat;
- maqsadli auditoriya;
- raqobatchilar;
- brend xarakteri;
- kelajakdagi qo‘llanish joylari
o‘rganiladi. Natija: dizayn uchun aniq yo‘nalish shakllanadi.
02Logotip tizimi
Brendning asosiy vizual belgisini ishlab chiqamiz. Logotipning turli qo‘llanish variantlari tayyorlanadi:
- asosiy logotip;
- och fondagi variant;
- to‘q fondagi variant;
- monoxrom variant;
- gorizontal yoki vertikal variantlar;
- kichik formatlar uchun mos variant.
Logotip faqat chiroyli emas, turli muhitlarda to‘g‘ri ishlashi kerak.
03Logotipdan foydalanish qoidalari
Brend identikasi noto‘g‘ri ishlatilmasligi uchun aniq qoidalar ishlab chiqamiz.
- logotip o‘lchamlari;
- minimal hajm;
- xavfsiz bo‘sh joy;
- joylashuv qoidalari;
- ruxsat etilgan foydalanish holatlari;
- taqiqlangan foydalanish holatlari.
Natijada brend turli dizayner yoki hamkorlar qo‘lida ham bir xil ko‘rinishda qoladi.
04Ranglar tizimi
Brend uchun asosiy va qo‘shimcha ranglarni tanlaymiz. Har bir rang uchun:
- CMYK;
- RGB;
- HEX
kodlari ko‘rsatiladi. Bu ranglarning digital, bosma va reklama materiallarida bir xil chiqishini ta’minlaydi.
05Shriftlar
Brendning asosiy va yordamchi shriftlarini tanlaymiz. Ular:
- sarlavhalar;
- asosiy matn;
- ijtimoiy tarmoqlar;
- reklama;
- taqdimot;
- bosma materiallar
uchun qanday ishlatilishi belgilanadi.
06Vizual uslub
Brendning umumiy vizual tilini ishlab chiqamiz. Bu quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin:
- grafik elementlar;
- shakllar;
- naqshlar;
- ikonalar;
- fotosurat uslubi;
- illyustratsiya yo‘nalishi;
- kompozitsiya tamoyillari.
Natijada brendning har bir materiali bir oilaga tegishlidek ko‘rinadi.
07Brendning muloqot ohangi
Brend nafaqat qanday ko‘rinishi, balki qanday gapirishi ham aniqlanadi. Belgilaymiz:
- rasmiy yoki norasmiy uslub;
- do‘stona yoki ekspert ohangi;
- qanday so‘zlardan foydalanish;
- qanday uslubdan qochish;
- asosiy kommunikatsiya tamoyillari.
Bu ijtimoiy tarmoqlar, reklama va mijozlar bilan muloqotda yagona uslub yaratadi.
08Ijtimoiy tarmoqlar uchun vizual tizim
Brend identikasini Instagram, Facebook, Telegram va boshqa platformalarga moslashtiramiz. Masalan:
- post shablonlari;
- Stories shablonlari;
- karusel dizayni;
- video muqovalari;
- reklama bannerlari;
- avatar va muqovalar.
09Reklama materiallariga moslashtirish
Brend uslubining turli reklama formatlarida qanday ishlashini ko‘rsatamiz.
- tashqi reklama;
- bannerlar;
- digital reklama;
- bosma materiallar;
- taqdimotlar;
- savdo nuqtalari uchun materiallar.
10Korporativ materiallar
Brend identikasini kundalik biznes materiallariga tatbiq qilamiz. Loyiha doirasiga qarab 20–30 tagacha namuna ishlab chiqilishi mumkin. Masalan:
- vizitka;
- blank;
- konvert;
- papka;
- daftar;
- ruchka;
- uniforma;
- bayroq;
- paket;
- stiker;
- sovg‘a materiallari;
- boshqa korporativ mahsulotlar.
11Brandbook / Guidebook
Barcha ishlab chiqilgan elementlarni bitta qo‘llanmaga birlashtiramiz. Unda:
- logotip;
- ranglar;
- shriftlar;
- vizual uslub;
- qo‘llanish qoidalari;
- kommunikatsiya ohangi;
- real misollar
jamlanadi. Bu hujjat kompaniyaning kelajakdagi barcha dizayn va kommunikatsiya ishlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qanday ishlaymiz?
01 — Brifing va tahlil
Biznes, auditoriya, raqobatchilar va brend vazifalarini o‘rganamiz.
02 — Vizual yo‘nalish
Brend xarakteriga mos dizayn yo‘nalishi va asosiy vizual g‘oyalarni shakllantiramiz.
03 — Logotip va identika
Logotip, ranglar, shriftlar va asosiy grafik tizimni ishlab chiqamiz.
04 — Brend tizimini kengaytirish
Identikani ijtimoiy tarmoqlar, reklama va korporativ materiallarga moslashtiramiz.
05 — Brandbook / Guidebook
Barcha qoidalar va qo‘llanish misollarini yagona hujjatga yig‘amiz.
06 — Yakuniy fayllar
Brendni amalda ishlatish uchun kerakli format va materiallarni topshiramiz.
Natijada nima olasiz?
Brend g‘oyasi ↓ Logotip ↓ Rang va shriftlar ↓ Vizual til ↓ Kommunikatsiya uslubi ↓ Brend qo‘llanmasi
Natijada:
- brend yagona ko‘rinishga ega bo‘ladi;
- barcha materiallar bir-biriga mos ishlaydi;
- brendni tanib olish osonlashadi;
- dizayner va hamkorlar uchun aniq qoidalar paydo bo‘ladi;
- ijtimoiy tarmoqlar va reklamada yagona uslub saqlanadi;
- brend biznes bilan birga kengayishi mumkin bo‘lgan tizimga aylanadi.
Branding — shunchaki logotip emas. Brendni tanib olishga yordam beradigan butun tizim.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Brending — brendning bozorda qanday ko‘rinishi, qanday gapirishi va mijoz tomonidan qanday tanib olinishini belgilaydigan yaxlit tizim.
Logotip, ranglar, shriftlar, vizual uslub, muloqot ohangi, ijtimoiy tarmoqlar va reklama materiallari uchun qo‘llanish namunalari hamda Brandbook yoki Guidebook.
Logotip brendning bitta elementi. Brending esa logotip bilan birga rang, shrift, vizual til, kommunikatsiya va barcha qo‘llanish qoidalarini o‘z ichiga oladi.
Brandbook brend elementlaridan qanday foydalanish kerakligini belgilaydi va barcha platformalarda yagona uslubni saqlashga yordam beradi.
Ha. Agar logotipni almashtirish shart bo‘lmasa, mavjud elementlar asosida vizual tizimni yangilash va kengaytirish mumkin.