Toshkentda SMM xizmatlari qancha va narxga nimalar kiradi?
Toshkentda SMM narxlari sezilarli darajada farq qilishi mumkin: ayrim bizneslarga faqat Instagram sahifasini yuritib beradigan mutaxassis kerak bo‘lsa, boshqalarga analitika, reklama va savdo bilan ishlashni ham o‘z ichiga olgan to‘liq strategiya zarur. Shu sabab narxni faqat postlar yoki Stories soniga qarab solishtirish unchalik to‘g‘ri emas.
Metrica professional SMM xizmatlari narxi 20 000 000 so‘mdan boshlanadi. Bu summaga faqat ijtimoiy tarmoqlarni yuritish kiritilmagan. Aksincha, jamoa SMM’ni biznesga aniq natija olib keladigan to‘laqonli marketing vositasiga aylantirish ustida ishlaydi.
SMM narxi nimalarga bog‘liq?
SMM xizmatlarining yakuniy narxiga kompaniya oldidagi vazifalar, platformalar soni, kontent hajmi, reklama zarurati, mahsulotning murakkabligi va jamoaning loyihaga qay darajada jalb qilinishi ta’sir qiladi. Masalan, mahalliy brend uchun bitta asosiy ijtimoiy tarmoq va bir nechta kontent formati yetarli bo‘lishi mumkin. Yirik kompaniyada esa vazifalar boshqacha bo‘ladi: SMM strategiya ishlab chiqish, foto va video kontent tayyorlash, reklama kampaniyalari, analitika, voronka bilan ishlash va targ‘ibotni doimiy optimallashtirib borish. Shu sabab professional SMM agentligi avval biznesni o‘rganadi, keyin esa aniq ish rejasini taklif qiladi.
Biznes 20 000 000 so‘m evaziga nima oladi?
Metrica jamoasi ishni mahsulot, auditoriya va biznes maqsadlarini tushunishdan boshlaydi. Jamoa uchun faqat nimani reklama qilish kerakligini bilishning o‘zi yetarli emas. Har bir kontent nima uchun chiqayotgani va qanday natijaga olib kelishi kerakligi ham aniq bo‘lishi lozim. Strategiya brend pozitsiyasi, kontent, vizual kommunikatsiya va targ‘ibotni bir tizimda qamrab oladi. Ish boshlanganidan keyin mutaxassislar ko‘rsatkichlarni kuzatib boradi va aynan nima lidlar va real sotuv olib kelayotganini tahlil qiladi. Bunday yondashuvda siz faqat bir nechta postlar chiqarib turishlari uchun to‘lov qilmaysiz, siz sarflayotgan mablag’ auditoriya bilan tizimli ishlash va biznes rivojiga kiritilgan sarmoya sifatida xizmat qiladi.
Nega kompaniyalar tizimli rivojlanish uchun aynan Metrica’ni tanlamoqda?
Metrica’ning asosiy farqi raqamlarga e’tibor qaratishida. Agentlik KPI va ROI bilan ishlaydi, shu sabab natija sahifadagi faollik bilan emas, biznes uchun haqiqatan muhim bo‘lgan ko‘rsatkichlar orqali baholanadi. 5 yil davomida Metrica jamoasi 30 dan ortiq biznes bilan ishlagan. Agentlik mijozlari 100 million dollardan ortiq daromad olgan, amalga oshirilgan loyihalarda savdo esa o‘rtacha 2,3 baravar oshgan. Shu bilan birga, mijozlarning 87 foizi Metrica bilan uzoq muddatli hamkorlikni davom ettirmoqda.
Yana bir afzalligi esa kompleks yondashuv. Agar biznes o‘sishi uchun faqat ijtimoiy tarmoqlar yetarli bo‘lmasa, ishga performance marketing, marketing strategiyasini ishlab chiqish, branding, sayt yaratish, SEO, SEM va Google Ads’ni ham qo‘shish mumkin. Natijada biznes turli mutaxassislar bilan alohida ishlab, hammani alohida nazorat qilishga majbur bo‘lmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlar orqali lidlar, sotuv va brend taniqliligi oshishini kutayotgan bo‘lsangiz, bunday holatda strategiya, kuchli kontent, analitika va natijalar ustida doimiy ishlash kerak bo‘ladi. Shu sabab Toshkentda SMM agentligini tanlayotganda faqat narxlarni solishtirish yetarli emas. Xizmatga aynan nimalar kirishi, jamoa qaysi ko‘rsatkichlarni kuzatishi va qanday natija uchun javob berishga tayyorligini aniqlab olish zarur.
Aynan sizning kompaniyangizga qanday SMM formati kerakligini va maqsadlaringizga erishish uchun qancha budjet talab qilinishini bilmoqchimisiz? Metrica mutaxassislaridan konsultatsiya oling. Jamoa ehtiyojlaringizni o‘rganadi, o‘sish nuqtalarini aniqlaydi va sizga mos targ‘ibot formatini taklif qiladi.